TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiyaning MTS kompaniyasi UMS kompaniyasining o‘ziga tegishli 50,01 foizlik aksiyalarini O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining "Radioaloqa, radioeshittirishlar va televidenie markazi"davlat unitar korxonasiga (RRTM) 1 dollarga sotdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Shu tarzda operator o‘tgan yil avgust oyida e’lon qilinganidek, Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi muassisligidan to‘laligicha chiqdi. UMS kompaniyasining 49,99 foiz aksiyasi RRTMga tegishli edi.
UMS 2014-yil 1-dekabrdan faoliyatini boshlagan bo‘lib, o‘shanda O‘zbekiston va MTS kompaniyasi o‘rtasidagi shartnoma asosida qo‘shma korxona tuzilgan edi. Unga ko‘ra yangi tuzilgan UMS qo‘shma korxonasining 50,01 % aksiyasi MTSga va 49,99 % aksiyasi esa “O‘zbektelekom”ga qarashli edi.
2015 yil natijalariga ko‘ra, UMS abonentlar tarkibini 5,8 baravar ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan, uning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 1 %dan 5,4 %ga o‘sgandi.