UMS kompaniyasi rahbariyati yangilandi

Obuna bo‘lish
UMS kompaniyasiga yangi bosh va texnik direktor tayinlandi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Srajitdin Sayfutdinovich Faxrutdinov UMS MChJning bosh direktori bo‘ldi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Srajitdin Faxrutdinov 1983-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini aloqa muhandisi ixtisosligi bo‘yicha bitirgan.

U UMS direktorligiga tayinlanguniga qadar "O‘zbektelekom" AK tarkibiga kiruvchi "TELMAX ELECTRONIKS" MChJga rahbarlik qilgan.

"Ikki yildan ko‘proq faoliyati davomida UMS rivojlanishning zarur pog‘onasiga yetdi va qat’iy raqobat sharoitida aholiga kerakli mahsulot va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Ishonchim komilki, o‘z ishining professionallaridan tashkil topgan jamoa bilan nafaqat belgilangan marralarni egallaymiz, balki bardavom rivojlanish uchun asos yaratamiz", — dedi Srajitdin Faxrutdinov.

LTE standarti minorasi - Sputnik O‘zbekiston
UMS 4G LTE internetini namoyish etdi

Shuningdek,UMSning texnik direktori etib Sobir Xamidillayevich Aripov tayinlandi.

Sobir Aripov 2002-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini telekommunikatsiyalar ixtisosligi bo‘yicha bitirgan.

UMS MChJga kelishidan avval "Huawei Tech Investment Tashkent" MChJ direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

"Universal Mobile Systems" MChJ kompaniyasi — GSM, UMTS va 4G LTE standartlarida mobil ovozli aloqa va mobil Internetga kirish zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonasi. Kompaniya 2014-yilning 1-dekabrida tijoriy faoliyat boshlagan.

Kompaniya ta’sischisi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi "Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie" DUK.

Yangiliklar lentasi
0