O‘zbekiston va Ozarbayjon temir yo‘l sohasida hamkorlikni kengaytiradi

© ady.azVstrecha v ZAO "Azerbaydjanskie jeleznie dorogi" s delegatsiyey, vozglavlyayemoy pervim zamestitelem predsedatelya Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Sodikom Safoyevim
Vstrecha v ZAO Azerbaydjanskie jeleznie dorogi s delegatsiyey, vozglavlyayemoy pervim zamestitelem predsedatelya Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Sodikom Safoyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev rahbarligidagi delegatsiya "Ozarbayjon temir yo‘llari" YoAJ rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon temir yo‘l kompaniyalari hamkorlikni kengaytirish haqida protokol imzoladi. Bu haqda "Ozarbayjon temir yo‘llari" YoAJ matbuot xizmati xabar berdi.

27 mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev rahbarligidagi delegatsiya "Ozarbayjon temir yo‘llari" YoAJ rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida temir yo‘l orqali yuk tashish yo‘lga qo‘yildi

"Ozarbayjon temir yo‘llari" raisi Javid Qurbonov O‘zbekiston delegatsiyasini mamlakat temir yo‘llar sohasidagi islohotlar, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.

Tomonlar «Ozarbayjon temir yo‘llari» YoAJ va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon temir yo‘l kompaniyalari hamkorlikni kengaytirish haqida protokol imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0