Navoiyda islohotlar qanday bormoqda: Mirziyoyevning viloyat bo‘ylab safari boshlandi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat yetakchisi o‘zining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun Navoiy viloyatiga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Mamlakat yetakchisi o‘zining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishishi va xalq bilan bevosita muloqot qilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga keldi

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti rahnamoligida Navoiy viloyatida betimsol bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Navoiy viloyati haqida gap ketganda, avvalo, uning mehnatkash xalqi, yer osti va yer usti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.

Navoiy O‘zbekistonning yirik sanoat hududi hisoblanadi. Viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanmoqda.

Hozirgi kunda viloyatda 17 yirik sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Navoiyazot", "Qizilqumsement", "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" aksiyadorlik jamiyatlari va "Elektrkimozavodi" qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir. "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida 18 korxona faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Viloyatda o‘tgan yili 866 yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi. Kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 611,9 milliard so‘m kredit ajratildi. 2,8 trillion so‘m kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 229 milliard so‘mlikdan ortiq loyihalar amalga oshirilib, 9 ming 500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

Yangiliklar lentasi
0