TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Bugun Navoiy viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.
Prezident maslahatiga ko‘ra Navoiy viloyati hokimi lavozimiga Senatning Budjet va Iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Qobul Tursunov tayinlandi. Navoiy viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov esa 16 dekar kuni Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan edi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida aytilishiga ko‘ra, mustaqillik yillarida Navoiy viloyatining barcha sohalarida ulkan islohotlar amalga oshirilgan, yangi inshootlar, ijtimoiy ob’aktlar va turar joylar qurilgan. Shuningdek viloyatda avtoyo‘llar tizimini rivojlantirish uchun ulkan ishlar amalga oshirilgan.
Oxirgi 5-yil davomida hududiy YaIM miqdori 30,3 % o‘sish namoyish qilgan, sanoat korxonalari soni 1040tadan 1475taga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xili 130tadan 300taga yetkizilgan.
Shunga qaramasdan ayni damda, dolzarb bo‘lgan muhim masalalar ham bor. Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasi jiddiy etibor talab qiladigan holatda.