Ravon Ukrainaning 15 viloyatida sotiladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi Ravon R2 bir necha oy ichidayoq Ukraina bozorida eng ko‘p sotiluvchi avtomobilga aylandi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. GM Uzbekistan Ukrainaning yirik avtomobil xoldingi — AIS kompaniyalar guruhi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda AUTO-Consulting xabar bermoqda.

RAVON R2 - Sputnik O‘zbekiston
Ravon R2 Rossiyada yana yetakchi bo‘ldi

AIS Ukrainaning 15 viloyatida Ravon avtomobillari savdosini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan bir vaqtda "Bogdan-Avto xolding" dilerlik markazlariga Ravon avtomobillarining yangi turkumi yetib keldi.

"Bogdan-Avto xolding" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dilerlarga 2017-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar yetkazib berildi. Yangi Ravon R2 bir necha oy ichidayoq Ukraina bozorida eng ko‘p sotiluvchi avtomobilga aylandi.

Shu tarzda Ravon qisqa vaqt ichida Ukrainadagi eng yirik dilerlik tarmog‘ini shakllantirishga va butun mamlakat bozorlarini qamrab olishga erishdi.

Yangiliklar lentasi
0