Sverdlovsk Namanganga zamonaviy texnik yechimlar olib kelishga tayyor

© gubernator96.ruXayrullo Bozarov va Yevgeniy Kuyvashev uchrashuvi
Xayrullo Bozarov va Yevgeniy Kuyvashev uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
26-27 mart kunlari Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida Namagan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Sverdlovsk gubernatori Yevgeniy Kuyvashev bil uchrashib ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Yekaterinburg, Zdanie Merii. - Sputnik O‘zbekiston
Namangan Yekaterinburg bilan aloqalarini rivojlantirmoqda

«Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning muhim va ishonchli hamkori hisoblanadi. Shu bois hududlar o‘rtasidagi hamkorlikka alohida urg‘u bermoqdamiz. Bu tashrif — ulkan imkoniyat va salohiyatga ega bo‘lgan Sverdlovsk viloyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi birinchi qadamimizdir. O‘zaro savdo hajmini sezilarli ravishda oshirishdan manfaatdormiz. Turli sohalarda — metallurgiyadan tortib, qishloq xo‘jaligigicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyormiz», — ta’kidladi Bozarov.

Yevgeniy Kuyvashevning fikricha, mashinasozlik, energetika, tog’-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, tekstil sanoati sohasidagi o‘zaro hamkorlik hamda Namaganda infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishning kelajagi porloq.

«Sverdlovsk viloyati Namangan viloyatida ishlab turgan korxonalar va yangi barpo etilayotgan obyektlarda ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo‘yicha zamonaviy texnik yechimlar taklif etishga tayyor. Bizning tashkilotlarimiz mahsulotlari ham O‘zbekiston hukumati davlat dasturlarini hayotga tadbiq etishda asqotishiga ishonaman. Ishonamanki, Sizning bugungi tashrifingiz ikki tomonlama hamkorlikda yangi ufqlarni ochadi», — dedi Sverdlovsk viloyati rahbari.

Shuningdek, Kuyvashev Sverdlovsk viloyatining O‘zbekiston meva-sabzavoti va poliz mahsulotlariga katta miqdorda ehtiyoji borligini ta’kidlab, bu borada O‘rta Ural bozoriga o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini importini oshirish bo‘yicha qulay mexanizm yaratish taklifini bildirdi.

Xayrullo Bozarov Kuyvashevning taklifini qo‘llab-quvvatladi va Namangan Savdo-Sanoat palatasining Uraldagi vakolatxonasi ochilishi bu boradagi birinchi qadam bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini namoyish qiluvchi shou-rumlar tashkil etish Sverdlovsk bilan savdo aloqalarini yanada kuchaytirishi umid bildirdi.

Uchrashuvdan so‘ng Yevgeniy Kuyvashev va Xayrullo Bozarov hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha protokol imzoladilar. Ushbu hujjat orqali tomonlarning hamkorlik aloqalari doiralari belgilandi hamda uning asosida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlik kelishuvlari tayyorlanishiga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0