Aloqabank yo‘ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimani uydan to‘lash usulini yo‘lga qo‘ydi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzDorojnoe dvijenie v Uzbekistane
Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda "AlPay" ilovasi foydalanuvchilari yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida joriy qilinadigan jarimalarni uydan chiqmagan holda o‘z mobil telefonlari orqali to‘lashlari mumkin

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. "Aloqabank" AT yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida kelib chiqadigan jarimalarni to‘lash xizmatini joriy qildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda "AlPay" ilovasi foydalanuvchilari yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida joriy qilinadigan jarimalarni uydan chiqmagan holda o‘z mobil telefonlari orqali to‘lashlari mumkin.

Militsiya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Militsiya jarima qilingan haydovchilar uchun maxsus dasturni ishga tushirmoqda

Buning uchun "Xizmatlar to‘lovlari" — "Davlat va kommunal to‘lovlari" — "Jarimalarni to‘lash" bo‘limlariga kirish talab etiladi. So‘ngra pochtadan kelgan qaror raqamini hamda to‘lov summasi kiritiladi.

Ma’lumotlar tekshirilganidan keyin (jarima turi, qaror raqami va boshqalar) hamda to‘lov tasdiqlanganidan so‘ng jarimaga to‘lovni amalga oshirish mumkin.

To‘lovni bir martadan butunlay yoki qisman, "AlPay" mobil tizimiga kiritilgan bir nechta plastik kartalar orqali amalga oshirish mumkin bo‘lib, to‘lovning eng kam miqdori 10 000 so‘m.

Yangiliklar lentasi
0