TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 15 martdan boshlab poytaxtda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd qilish videotizimi ishga tushirildi. Shu tufayli Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarimaga tortilayotgan haydovchilarni xabardor qiluvchi maxsus dasturni ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga boshqarmadagi manba.
"Aytish joizki, haydovchi saytga o‘z texpasportidagi talab etilgan ma’lumotlar, haydovchilik guvohnomasi raqami, avtomobil davlat raqami, pasport ma’lumotlari, shuningdek mobil telefoni raqamini kiritadi. Shundan so‘ng unga real vaqtda u yo‘l qo‘yayotgan qoidabuzarliklar haqida SMS-xabarlar kela boshlaydi. Bu hozircha ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri. Balki maxsus mobil ilova yaratilishi ham mumkin", — deb ta’kidlagan suhbatdosh.