Samarqandda sement zavodi quriladi

© Nuz.uzKitayskaya kompaniya postroit v Samarkande sementniy zavod
Kitayskaya kompaniya postroit v Samarkande sementniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavod yiliga 2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Xitoyning yirik Anhui Conch Cement Company Limited kompaniyasi Samarqand viloyatida sement zavodi quradi, deb yozmoqda Nuz.uz.

Zavod yiliga 2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

O‘tgan haftada xitoyliklar "Umar" qurilish-ishlab chiqarish korporatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Kompaniya bo‘limlaridan birining direktor o‘rinbosari Chjao Veysan XXR rahbariyati "Buyuk ipak yo‘li" tamoyilini faol olg‘a surayotganini bildirdi.

Sement zavodida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Yangi sement zavodi vodiy ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi

"Kompaniyamiz davlat korxonasi bo‘lganligi tufayli bizning oldimizga ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan", — dedi u.

"Umar" korporatsiyasi rahbari Umar Rajabov istiqbolli investorlarga korxona qurilishi uchun taklif etiladigan hududlar va u yerdagi sharoitlarni ko‘rsatdi.

Anhui Conch Cement Company Limited 1996-yilda Gonkongda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning 120ta eng yaxshi kompaniyalari ro‘yxatiga kiradi. Kompaniya Xitoyning 20 viloyati hamda Indoneziya va Myanmada bo‘limlariga ega.

Kompaniya mahsulotlari dunyoning 20dan ortiq davlatiga, jumladan AQSh va Yevropaga eksport qilinadi. Kompaniyada 60 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0