Yangi sement zavodi vodiy ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi

© Sputnik / StringerSement zavodida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Sement zavodida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati "Jo‘ydam ta'mir qurilish" mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda XXRning "Tongli" hamda "Shanfeng" kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Ushbu korxonalarning tashkil etilishi bilan vodiy aholisining sementga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanadi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Farg‘ona viloyati "Jo‘ydam ta'mir qurilish" mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Xitoy Xalq respublikasining "Tongli" hamda "Shanfeng" kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Sement zavodidagi ishchi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida yangi sement zavodi ishga tushirildi
Unga ko‘ra Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hamda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanining Sho‘rsuv shaharchasida har birida sutkasiga 4000 tonnadan sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Buloqboshi tumanida hozirda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi. Ushbu loyihaga xitoylik hamkorlar tomonidan 200,0 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilishi belgilangan. Korxonalarning qurilish ishlariga sarf etiladigan mablag‘lar "Asaka" DATB hamda DT "Xalq banki" Farg‘ona filiallari tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.

— O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoliklarida yurtingizda qulay ishbilarmonlik muhitining barpo etilgani butun dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda, — deydi xitoylik hamkorlardan biri Van Chjigan. — Shuning uchun ham biz O‘zbekistonga hech ikkilanmay investitsiya kiritishga qaror qildik. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan erkinlik va imkoniyatlar bu yerda bemalol o‘z hamkorlik loyihalarimizni yo‘lga qo‘yishga asos bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, sement ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo mahsulotlari 100 foiz mahalliy konlardan olinadi. Va bu o‘z navbatida mahsulot tannarxining ko‘tarilmasligini ta’minlaydi. Bunday arzon va sifatli mahsulot keyinchalik xorijiy davlatlarga, ayniqsa, qo‘shni mamlakatlarga eskport qilinishi mumkin.

Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan "Quvasoy sement" AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar vodiy ehtiyojining 37 %ni tashkil etadi xolos. Qolgan qismi boshqa viloyatlar yoki qo‘shni mamlakatlardan valyuta evaziga sotib olinmoqda. Endilikda esa ushbu korxonalarning tashkil etilishi hududlarda 1600 ga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi bilan birga, vodiy aholisining sementga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Buloqboshi tumanida korxona 2017-yilning, O‘zbekiston tumanida esa 2018-yilning oxirida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

M. Sulaymonov

Yangiliklar lentasi
0