O‘zbekiston havo yo‘llari Dushanbeda vakolatxona ochdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBoing 767-300 aviakompanii "Uzbekskie avialinii"
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston hududida chiptalar sotish FLY.TJ aviakompaniyasi kassalarida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 26 mar —Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari"  Tojikistonda rasmiy vakolatxona ochdi. Toshkent — Dushanbe orasida doimiy jadval bo‘yicha amalga oshiriladigan parvozlar 4-apreldan amalga oshirila boshlaydi.

Milliy aviakompaniyaning Tojikistondagi vakili Orifjon Ruzimurodov O‘zbekiston havo yo‘llarining Tojikistonga kelishi bilan nimalar o‘zgarishini aytib berdi.

"Aviakompaniyamiz 1992-yilda paydo bo‘lgan vaqtdan beri Yevropa, Shimoliy Amerika, Fors ko‘rfazi, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH mamlakatlari va Rossiyaning 15 shaharlariga yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda.  

Aviakompaniyamizning Tojikistonga kelish bilan sizning mamlakatingiz fuqarolari va mehmonlari, diplomatik korpus vakillari, Tojikistonda ishlayotgan biznesmenlar va sayyohlar uchun Toshkent orqali uchish imkoniyati paydo bo‘ladi", — dedi Ro‘zimurodov.

Undan tashqari, vakilning so‘zlariga qaraganda, ikki mamlakat fuarolari uchun bir-birlari tomoniga qisqa vaqtda o‘zaro safar uyushtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston havo yo‘llari samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonga birinchi aviareys 4-aprel kuni amalga oshiriladi

Tojikistonda chiptalar sotib olish imkoniyati haqida berigan savolga, Ro‘zimurodov "O‘zbekiston Havo yo‘llari", FLY.TJ brendi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan "Antares" kompaniyasi bilan shartnoma tuzganini xabar qildi.

Ushbu aviakompaniya kassalari Tojikiston poytaxti va boshqa shaharlarida joylashgan kassalari orqali O‘zbekiston havo yo‘llarining barcha parvozlariga chiptalar sotish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston orasida aviaqatnom 1992-yilda Tojikistonda sodir bo‘lgan fuqaro urushi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0