TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi rahbari Dmitriy Medvedev 2017-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni Moskvada qabul qiladi. Bu haqda Rossiya hukumati rasmiy saytida xabar qilindi.
Tomonlar ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy masalalarini muhokama qiladilar.
"Rossiya Federatsiyasi Raisi Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov iqtisodiy hamkorlikka oid masalalar, energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar, transport va qishloq xo‘jaligi, shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik loyihalarini muhokama qiladilar", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga aprel oyi boshlarida rasmiy tashrif uyushtiradi.