TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakat orasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan tabrikladi.
“Hurmatli Shavkat Miromonovich, mamlakatlarimiz orasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabrikimizni qabul qiling. Oxirgi yillarda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Mazmunli siyosiy suhbatimiz, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorligimiz izchil rivojlanib bormoqda. Bizning mamlakatlar hududiy va xalqaro kun tartibida turgan muhim masalalarni hal qilishda samarali hamkorlik qilmoqda”, — deyilgan tabrik xatida.
Rossiya prezidenti, shuningdek, birgalikda qilingan sa’y-harakatlar Rossiya va O‘zbekistonning do‘stona xalqlari manfaatlari yo‘lida hamda O‘rta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Vladimir Putin Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyat, O‘zbekiston aholisiga esa – baxt va ravnaq tiladi.