TOShKENT, 25 mar — Sputnik. AQSh hukumati Hindistonni mamlakatda qonunga xilof ravishda yashab kelayotgan 270dan ziyod hindlarni o‘z vataniga qaytarishni rejalashtirayotganidan ogohlantirdi. Ammo Hindiston Tashqi ishlar vazirligi avvaliga ularning hindligini tasdiqlashni talab qilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Biz bu odamlarning fuqaroligini tekshirmay turib, ro‘yxatda keltirilgan ma’lumotlarga qanday qilib ishonishimiz mumkin? Biz AQSh hukumatidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishni so‘radik. U odamlarning hindistonlik ekanligi tasdiqlangach deportatsiyaga guvohnoma berishimizni ma’lum qildik", — deya bayonot qilgan vazir.
AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda Hindistondan kelgan 500 mingga yaqin kishi noqonuniy tarzda yashab kelmoqda. Ularning aksariyati Amerikaga qonuniy tarzda kirib kelgan bo‘lsa-da, viza muddati tugagach o‘z vataniga qaytishmagan.