O‘zbekiston tarixida birinchi marta erkin sayyohlik zonasi yaratiladi

Obuna bo‘lish
Yangi zona Buxoro markazida yaratiladi va "Boqiy Buxoro" deb ataladi. Hududda turli xizmat toifali mehmonxonalar, ko‘ngilochar va savdo inshootlari, shu jumladan 500 o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatr, bouling-klublar, diskoteka, karaoke-barlar, kafe va restoranlar qurilishi rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin uch yil ichida mamlakat tarixida birinchi marta erkin sayyohlik zonasi yaratiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Zonaning yaratilishi taklifi Davlat turizm qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi va Milliy Bank tomonidan ishlab chiqilgan.

Prodaja alkogolya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mehmonxonalarida alkogol va tamaki sotishga ruxsat berilishi mumkin
Yangi zona Buxoro markazida yaratiladi va "Boqiy Buxoro" deb ataladi. Hududda turli xizmat toifali mehmonxonalar, ko‘ngilochar va savdo inshootlari, shu jumladan 500 o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatr, bouling-klublar, diskoteka, karaoke-barlar, kafe va restoranlar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu inshootlar bu qadimiy zaminga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarga kunu tun xizmat ko‘rsatadi. Mehmonlar bu yerda milliy va dunyo taomlarini tatib ko‘rishlari, do‘konlardan suvenirlar va boshqa mahsulotlarni xarid qilishlari, ko‘ngilochar maskanlarda dam olishlari mumkin bo‘ladi.

Loyihada "Boqiy Buxoro" ESZ ishtirokchilari Prezidentning 2016-yil 26-oktabrdagi 4853-sonli PQda ko‘zda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanishi qayd etilgan.

O‘zbekistonda namunaviy sayyohlik mahallalari tashkil etiladi
Shuningdek Buxoroning tarixiy qismida hunarmandlar dahasi va yopiq bozor bunyod etiladi. Bu maskan 2 qavatli uylar, an’anaviy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy suvenir mahsulotlari,  zardo‘zlik buyumlari, kitoblar, meva va sabzavotlar, shirinliklar va sayyohlar orasida talabgor boshqa tovarlar sotiladigan do‘konlardan iborat bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish ishlari taxminan joriy yilning 1-iyulidan boshlanadi va 2018-yilning mart oyidan loyihaning birinchi bosqichi ishga tushishi ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0