O‘zbekiston prezidenti Buyuk Britaniyaga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishGullar
Gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga Londondagi terakt munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Mirziyoyev terakt qurbonlarining qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yo‘llagan hamda hodisa oqibatida jabrlanganlarga sog‘liq tilagan.

Londonda amalga oshirilgan terakt - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" Londondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi
Terakt 22-mart kuni London vaqti bilan 14.40da sayyohlarning eng sevimli joylaridan birida sodir etilgan: Vestminster ko‘prigida harakatlanayotgan mashina trotuarga chiqib, bir necha kishini bosib o‘tgan va so‘nga mamlakat parlament binosigacha yetib borgan. Haydovchi bino oldida politsiyachiga pichoq bilan hujum qilib uni o‘ldirgan.

Terakt qurbonlari soni 4 nafarni tashkil etdi, shuningdek 50 kishi jarohatlandi. Terakt ijrochisi Britaniya fuqarosi, 52 yoshli Xolid Masud bo‘lib chiqdi.

U hodisa joyining o‘zida yo‘q qilingan.

Londonda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0