TOShKENT, 24 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Shavkat Mirziyoyev siyosiy boshpana taqdim etish mexanizmini ishlab chiqishni buyurdi.
Mirziyoyevning 1-martda chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonini isloh qilish haqidagi farmoniga muvofiq, apparat tuzilmasida siyosiy-huquqiy masalalar xizmati tashkil etilib, u 2 oy muddatda Siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishi va tasdiqlash uchun kiritishi lozim.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi, 22-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi Siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin", — deyiladi Farmon matnila.