Shavkat Mirziyoyev Prezident devonini isloh qilish haqidagi farmonni imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s rukovodstvom Minoboroni
Shavkat Mirziyoyev  vstretilsya s rukovodstvom Minoboroni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Devon prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlaydi

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 1-martda chiqarilgan farmoni orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tarkibiy tuzilmalari, faoliyat yo‘nalishi va vazifalari belgilab berildi.

Hujjat O‘zbekiston Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari va funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, devon prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Prezident devoni, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, mamlakat suverenitetini muhofaza qilish, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati hamda tendensiyasini tahlil qilish, uning natijalari bo‘yicha samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini o‘tkazish, ilm-fanni, madaniyatni, ta’limni, sog‘liqni saqlashni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabilar ham devon vazifasiga kiradi.

Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi

Devon tarkibida yangi xizmatlar tashkil etiladi. Prezident devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati hamda Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tugatilib, Prezident devonining Siyosiy huquqiy masalalar xizmati tashkil etiladi.

Devonning Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati etib qayta tashkil qilinadi.

Devon tarkibiga, shuningdek asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari O‘zbekiston prezidentining alohida qarori bilan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati ham kiradi.

Yangiliklar lentasi
0