TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Tojikistonning “Somon Eyr” aviakompaniyasi tomonidan rejalashtirilgan birinchi “Dushanbe – Toshkent” qatnovi amalga oshmadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Toshkent Xalqaro aeroporti Tojikiston aviakompaniyasiga parvozni amalga oshirishga ruxsat bermagan.
“Barcha hujjatlar tayyor bo‘lmagandi, shuning uchun ham parvoz amalga oshirilmadi”, — deb xabar qilgan nashrning Toshkentdagi manbaasi.
Uning so‘zlariga qaraganda biroz oldin O‘zbekiston Davlat Aviatsiya nazorati xizmati “Somon Eyr” aviakompaniyasiga parvozlar amalga oshirishga
25 yillik uzilishdan so‘ng birinchi marta tashkil qilingan Dushanbe – Toshkent aviaparvoziga 26 nafar yo‘lovchiga aviachipta sotilgan edi. “Somon Eyr” yo‘lovchilarga chipta narxini qaytarib berish yoki ularning xohishiga qarab biletlarni “Dushanbe – Xo‘jand” yo‘nalishiga almashtirib berishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dushanbe va Toshkent orasidagi aviaparvozlar 1992-yilda Tojikistonda bo‘lgan fuqaro urushi tufayli bekor qilingan edi.