O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili 1 haftaga uzaydi

© SputnikIslom Karimov tahsil olgan maktab
Islom Karimov tahsil olgan maktab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni kunda barcha maktablarda dars soati qat’iy ravishda 45 daqiqa deb, tanaffus esa 5-10 daqiqa deb belgilandi

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rta ta’lim haqidagi yangi Nizomiga muvofiq O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili 33 haftadan 34 haftaga uzaydi.

O‘quvchilar uchun o‘quv yilining boshqa vaqtinchalik parametrlari ham o‘zgardi. Shu bilan birga kuzgi va bahorgi ta’til muddati ham qisqardi. Mazkur muddat birinchi sinflar uchun saqlanganiga qaramay, ularga ham tuzatishlar kiritildi.

O‘zbekistonlik bolalar - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘quvchilarining bahorgi ta’tillari bir kun ko‘proq bo‘ladi
Kuzgi ta’til muddati 8 dan 6 kunga, bahorgi ta’til esa 10 dan 7 kunga qisqartirilgan bo‘lsa, qishki ta’til 11 dan 14 kunga ko‘paytirildi, deya xabar beradi UT nashri.

Birinchi sinflar uchun o‘quv yili muddati belgilangan bo‘lishiga qaramay, ularga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Ular uchun o‘quv yilining davomiylik muddati 30 haftadan 33 haftaga oshirilib, ular ilgarigidek fevral oyida qo‘shimcha ta’tilga chiqishadi.

Bu o‘zgarishlar kiritildi. Bundan tashqari, ilgari pedagogik kengash tarafidan besh kunlik qilib belgilangan o‘quv haftaligi qat’iy ravishda 6 kunlikka o‘zgardi. Hozirda faqatgina birinchi sinflarga nisbatan tegishli qaror chiqariladi.

Ayni kunda barcha maktablarda dars soati qat’iy ravishda 45 daqiqa deb, tanaffus esa 5-10 daqiqa deb belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0