TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekiston maktab o‘quvchilari mamlakatimizda dam olish kuni deb e’lon qilingan 20-martdan bahorgi ta’tilga chiqadilar. Reja bo‘yicha bu kunga mo‘ljallangan darslar yangi chorakning boshqa kunlari o‘tkaziladi.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligida ma’lum qildilar, deb xabar qilgan NAESMI.
Ta’til 27-martgacha davom etadi.
Qoldirilgan dars soatlarini vazirlik qo‘shimcha dars sifatida 28-31 mart o‘quv kunlariga taqsimlashni tavsiya etdi.