Jarimaga tortilgan haydovchilar uchun Call Center ishga tushiriladi - Toshkent IIBB

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishYHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar
YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB kompyuter markazi rahbari, podpolkovnik Shuhrata Muratovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda avtomobil egalariga yuborilayotgan har bir jarima maktubida maxsus telefon raqam ko‘rsatilgan bo‘lib, u orqali barcha qiziqtirgan savollarga javob olish mumkin

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Poytaxt ko‘chalarida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar tizimi ishga tushirilishi doirasida jarima xatlarini olgan haydovchilar bilan ishlash uchun maxsus Call Center ishga tushirilishi rejalashtirilyapti, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Videokuzatuv kameralari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yo‘llaridagi kameralar: test sinovidagi birinchi xatoliklar
IIBB kompyuter markazi rahbari, podpolkovnik Shuhrat Muratovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda avtomobil sohiblariga yuborilayotgan har bir jarima maktubida — 2542216 maxsus telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lib, unga qo‘ng‘iroq qilish orqali barcha qiziqtirgan savollarga javob olish mumkin.

"Albatta, tizim ishga tushirilishi munosabati bilan birinchi kunlarda telefon qo‘ng‘iroqlari soni haddan ziyod ko‘p bo‘ldi, shu tufayli avtomobil haydovchilarining aksariyati operator bilan bog‘lana olmadilar. Ayni vaqtda vaziyatni o‘nglash ustida ishlayapmiz, tez kunlarda maxsus Call Center ishga tushiriladi, u orqali jarimaga tortilgan har bir haydovchiga xizmat ko‘rsatilib, ma’lumotlar berib boriladi", — deb ta’kidladi Muratov.

Agar avtomobil egasi jarima maktubini olgan bo‘lsa va xatda yanglish tarzda unga tegishli bo‘lmagan raqam yoki avtomobil ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda haydovchi ko‘rsatilgan raqam bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilishi lozim, deb qo‘shimcha qilgan Muratov.

Podpolkovnikning so‘zlariga ko‘ra, tizimdagi xato o‘z tasdig‘ini topsa — bir necha daqiqa ichida jarima bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar ishga tushgan edi. So‘nggi 7 kun davomida kameralar tomonidan 29 mingdan ziyod qoidabuzarliklar qayd qilingan, shular orasida 16 mingdan ziyodi qizil chiroqda kesib o‘tish, 13 mingtasi esa tezlikni oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0