Toshkentda 200ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda

© Flickr / Peretz PartenskyUzbekskaya militsiya na granitse
Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning yanvar-fevral oylari davomida poytaxtda 16 kishining yo‘qolishi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 7 nafari topilgan

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugungi kunda poytaxtning 196 nafar aholisi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili bu raqam 226 kishini tashkil etgan.

"Shu yilning yanvar-fevral oylari davomida poytaxtda 16 kishining yo‘qolishi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 7 nafari topilgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, yo‘qolib qolishning sabablari turlicha. Masalan, o‘smirlar yo‘qolib qolishiga ularning ota-onalari bilan kelisholmasligi sabab bo‘ladi: telefon olib berishmaydi, biror bazmga borgani qo‘yishmaydi. O‘tish yoshidagi o‘smir ta’sirchanligi bois uyidan qochib ketadi", — deya izoh berdi IIBB matbuot xizmati.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Jangari filmlardagidek: Toshkentda biznesmenni o‘g‘irlashga urinishdi

Suhbatdoshning aytishicha, hozirda qariyalarning yo‘qolib qolish holatlari ko‘p uchramoqda. Ba’zan qariyalar ham o‘smirlar kabi uyidan arazlab chiqib ketishadi. Qariyalarning yo‘qolib qolishiga ko‘pincha xotira zaifligi sabab bo‘ladi. Ba’zida esa ko‘chada ketayotib kutilmaganda salomatligi yomonlashib kasalxonaga tushib qolishadi. Bunday holatlarda ular tez orada topiladi. Afsuski, ko‘chada vafot etish holatlari ham uchrab turadi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, shantaj va tovlamachilik maqsadida odam o‘g‘irlash holatlari ham uchrab turibdi. Misol uchun, yaqindagina Toshkentda pul undirish maqsadida tadbirkorni o‘g‘irlab ketishib, undan 200 ming dollar talab qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0