TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugun Kiyev markazida bo‘lib o‘tgan otishmada Rossiya Davlat Dumasinng sobiq deputati Denisa Voronenkov otib o‘ldirildi, RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishga ko‘ra, sobiq deputat Shevchenko bulvarida joylashgan “Premyer Palas” mehmonxonasiga kirish joyida bo‘lib o‘tgan otishmadan keyin vafot etgan.
Yollanma killer unga to‘pponchadan ikkita o‘q uzgan. Otishmada deputatning qo‘riqchisi o‘zi yaralangan va killerni ham yaralashga ulgurgan.
Huquqni saqlash organlari killerni, kuchli qo‘riq ostida, kasalxonaga yuborishgan. Keyinchalik killer kasalxonada vafot etgan.
Aytishlariga qaraganda, fojea joyiga yetib kelgan deputatning rafiqasi, opera xonandasi Mariya Maksakova — hushidan ketib qolgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Ukraina Tergov qo‘mitasi ushbu ishni tekshirishar ekan, jinoyatning faqat bir sababini – “Rossiya maxsus xizmatlari aloqadorligini” o‘rganishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Denis Voronenkov va Mariya Maksakova o‘tgan yili Rossiyadan Ukrainaga qochib ketishgan va u yerda Ukraina fuqaroligini qabul qilishgan edi. Rossiyada ular Moskva markazida joylashgan, qiymati 5 million dollar bo‘lgan binoni noqonuniy egallab olishda ayblangan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, bu Ukrainada sodir bo‘lgan birinchi og‘ir jinoyat emas. O‘tgan yili Kiyev markazida belorussiyalik jurnalist Pavel Sheremet va ukrainalik jurnalist Oles Buzina o‘ldirilgan edi. Undan tashqari Ukrainaning boshqa hududlarida advokat Yuriy Grabovskiy va siyosatchi Oleg Kalashnikovlarning o‘limi ham katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.