Kiyevda, taniqli jurnalist Pavel Sheremet halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishJurnalist Pavel Sheremet
Jurnalist Pavel Sheremet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun ertalab Kiyev markazida avtomobil portlashi oqibatida Rossiya, Belorussiya va Ukrainada yaxshi tanish bo‘lgan jurnalist Pavel Sheremet halok bo‘ldi. Internetda voqea joyidan olingan suratlar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Kiyev markazida portlatib yuborilgan avtomobil ichida Belorussiyalik jurnalist Pavel Sheremet bo‘lgan, RIA Novosti Ukraina OAVlari xabari asosida. Sheremetni o‘z vatani — Minskda dafn etish rejalashtirilgan.

Internetda, fojea sodir bo‘lgan joyda olingan foto va video lavhalar paydo bo‘ldi. Jurnalist “Ukrainskaya pravda” gazetasi rahbari Yelena Pritulaga tegishli bo‘lgan avtomobilda ketayotgan vaqtda soat mexnizmi yoki radioboshqaruv yordamida portlovchi moslama ishga tushirilgan. Fojea Kiyev markazida, Ivan Franko va Bogdan Xmelniskiy ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.

Chorshanba ertalab mashina portlashi oqibatida taniqli jurnalist Pavel Sheremet qurbon bo‘ldi”, — deyilgan “Ukrainskaya pravda” xabarida.

“Portlash oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u “Ozodlik radiosi” jurnalisti”, — dedi Shevchenko tumani politsiya matbuot kotibi Yuliya Dubovik “112 Ukraina” telekanali efirida.

Pavel Sheremet – Rossiya, Belorussiya va Ukrainada yaxshi tanish bo‘lgan jurnalist. U 10-yil davomida Rossiya televideniyesida ishlagan, jumladan Birinchi kanalda (ORT) ham. Oxirgi besh yil davomida Sheremet Kiyevda yashab “Ukrainskaya pravda” nashri va “Radio Vesti” efirlarida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0