TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Bugun ertalab Beshqayrog‘ochda 53-sonli shahar avtobusi katta tezlikda elektr ustuniga borib urildi, facebookda “VT” guruhi a’zolayri bunga guvoh bo‘lishdi.
Hozircha aniq aytish qiyin, lekin avtobus katta tezlikda bo‘lgani uchun zarba juda qattiq bo‘lgan, suratlarga qaraganda, elektr ustuni avtobus salonini ichiga bir necha metr kirib ketgan ko‘rinadi.
Guvohlar aytishiga qaraganda, YTH oqibatida zarar ko‘rganlar bor. Voqea joyida DAN xodimlari ishlamoqda, tafsilotlar aniqlanmoqda.
© Facebook / Voditeli TashkentaPosledstviya avarii
Posledstviya avarii