"Gazprom neft" O‘zbekistonga neft yetkizib berishni boshladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishNeftni qayta ishlash zavodi
Neftni qayta ishlash zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yil boshidan boshlab MDH mamlakatlariga neft eksporti ancha oshdi. Uning hajmi 0.86 mln tonadan 1,4 mln. tonnaga yetdi. Shundan O‘zbekistonga 4,7 % to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O‘zbekistonga neft xom ashyosini yetkizib bera boshladi, deyilgan kompaniyaning oxirgi 9 oylik hisobotida.

O‘zbekistonga neft yetkizib berila boshlaganidan keyin, kompaniyaning MDH davlatlariga sotilayotgan neft hajmi, 68,6 %ga o‘sdi.

“MDH davlatlariga eksport qilinayotgan neft hajmining 68,6 %ga oshishiga O‘zbekistonga neft yetkizib berish boshlangani va Mozirsk Neftni qpyta ishlash zavodi ishga tushgani sabab bo‘ldi”, —   deyilgan kompaniya xabarida.

O‘zbekistonda “Gazprom” loyhalarini amalga oshirish 2002-yilda, strategik hamkorlik haqidagi sharnomaga qo‘l qo‘yilganidan keyin boshlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0