TOShKENT, 1 sen —Sputnik. Mustaqillik kuni arafasida Toshkentda gazda ishlaydigan birinchi avtobus yo‘nalishga chiqdi, deb xabar berdi Toshtrans matbuot xizmati.
Shahar hokimiyati 28 o‘rinli MAN avtobusini yo‘nalishga chiqarayapti. Ko‘chalarda ushbu avtobusni Toshkent avtobuslari uchun odatiy bo‘lib qolgan oq-yashil rangi va tepasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan tanib olsa bo‘ladi.
Yangi turdagi avtobus olti oy mobaynida sinovdan o‘tdi.
Tabiy gazda ishlaydigan avtobuslardan foydalanish energiya manbaalarini tejash va tabiatga yetkiziladigan zararni kamaytirishga xizmat qiladi.
Tabiy gazning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi va uni boshqa yonilg‘i turlaridan arzonligini hisobga olganda, bunday avtobuslar ommaviy va ishonchli transport vositasi bo‘lishi aniq.