Berlinda yuk mashinasi yordamida terakt amalga oshirildi, 12 kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Nikolay Filyakov / Mediabankka o‘tishBerlinda yuk mashinasi odamlarni bosib ketdi
Berlinda yuk mashinasi odamlarni bosib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni kechqurun Berlinda yuk mashinasi Rojdestvo bayrami yarmarkasid to‘plangan odamlarni bosib ketgan.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Berlin markazida sodir bo‘lgan teraktda, Afg‘oniston fuqarosi tomonidan boshqarilgan yuk mashinasi, Rojdestvo bayramiga to‘plangan odamlarni bosib ketgan.

Fojea Berlinning Kurfurstendamm ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi  odamlar ustiga chiqib ketishi oqibatida 12 kishi qurbon bo‘lgan, 48 kishi jarohatlangan. Politsiya, ushbu fojeani terakt deb e’lon qilishga shoshilmayapti. Hozircha ular voqea tafsilotlarini o‘rganishmoqda.  

Fojea aybdori – yuk mashinasi haydovchisi, voqea sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra u Afg‘oniston yoki Pokiston fuqarosi bo‘lgan. Yuk mashinasi kabinasida bo‘lgan yana bir kishi, Polsha fuqarosi – qurbon bo‘lgan.

Polska Wyborcza nashri xabariga ko‘ra, yuk mashinasi POlshaning logistika kompaniyasiga qarashli bo‘lgan. Uning haydovchisi 18-dekabr soat 16:00 dan beri aloqaga chiqmagan ekan. Politsiya gumon qilishiga qaraganda – yuk mashinasi o‘g‘irlangan bo‘lgan.

10:15. Berlin politsiyasi ushbu fojea terakt bo‘lganini tasdiqladi. Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, noma’lum haydovchi yuk mashinasini ataylab odamlar ustiga haydagan ekan.

Yangiliklar lentasi
0