Qozonda "O‘zbekiston go‘zali-2017" tanlovi g‘olibi aniqlandi

Obuna bo‘lish
Gran-pri, O‘zbekistonga sayohat yo‘llanmasi hamda "Jahon durdonasi-2017" xalqaro talabalar go‘zallik va iste’dod tanlovida ishtirok etish huquqini Asiya Sodiqova qo‘lga kiritdi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Qozonda "O‘zbekiston go‘zali" go‘zallik va iste’dod tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Final Navro‘z bayrami arafasida Tatariston xalqlar do‘stligi saroyida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Tatar-inform" axborot agentligi.

"O‘zbekiston go‘zali-2017" unvoniga erishish uchun Tataristonda yashovchi o‘zbek qizlari bellashdilar. Saralash bosqichlaridan o‘tgan olti g‘oliba finalga chiqdi.

Aneta Sultanova - Sputnik O‘zbekiston
"Koinot go‘zali - 2017" tanlovining o‘zbekistonlik finalchilari ma’lum bo‘ldi

Kamilla Yuldasheva "Jozibali go‘zal", Dinara Xabibullina "Latofatli go‘zal", Zamira Fozilova "Fusunkor go‘zal", Kumushoy Mahmudova "Zukko go‘zal", Dinara Malyukova "Iste’dodli go‘zal" nominatsiyalarida g‘olib deb topildi. "Tomoshabinlar e’tirofi uchun mukofot" Asiya Sodiqovaga nasib etdi.

Gran-pri, O‘zbekistonga sayohat yo‘llanmasi hamda "Jahon durdonasi-2017" xalqaro talabalar go‘zallik va iste’dod tanlovida ishtirok etish huquqini Asiya Sodiqova qo‘lga kiritdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbir shunchaki tanlov emas. Tanlov O‘zbekiston madaniyati va an’analarini namoyish etish imkoniyatini beradi.

Ushbu tanlov Qozonda ikkinchi bor o‘tkazilishi. Uni Tataristondagi o‘zbeklar milliy madaniy avtonomiyasi va "Tataristondagi O‘zbekiston Respublikasi yoshlari" jamoatchilik tashkiloti o‘tkazdi.

Yangiliklar lentasi
0