TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Moskva viloyati Dumasi deputatlari Irina Yarovaya taklif qilgan, bolalarni o‘limga undash uchun beriladigan jazoning qattiqqo‘lligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashmoqda, dedi deputat Andrey Golubev.
"Qonunchilik masalasiga kelsak, biz unga ovoz berdik, hozir qonun tezkorlik bilan muvofiqlashtirilmoqda", — dedi deputat jurnalistlarga.
Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya tomonidan taklif qilingan qonun loyihasi balog‘atga yetmagan yoshlarni ularning hayotiga xavf soluvchi
Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hududlarida o‘smirlarni suiqasd qilishga undaydigan o‘yinlar ko‘payib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda "o‘lim guruhlari" deb nom olgan bunday guruhlar MDHda yuzlab o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lgan.
Sputnik shunga o‘xshash guruhlar faoliyati va ular O‘zbekistonda ham paydo bo‘layotgani haqida bir necha marta habar bergan edi.