Samarqand ahli Islom Karimov bilan vidolashdi

© REUTERS / /Muhammadsharif MamatkulovSamarqandliklar Islom Karimov bilan vidolashdilar
Samarqandliklar Islom Karimov bilan vidolashdilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Minglab samarqandliklar O‘zbekistonning birinchi Prezidentini so‘nggi manzilga kuzatish uchun ko‘chalarga chiqdilar.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovni so‘nggi manzilga kuzatish uchun Samarqand aeroportidan to shahar markazigacha odamlar qator bo‘lib turdilar. Erkaklarning aksariyati qora shim va oq ko‘ylak kiygan, ayollar esa asosan qora va ko‘k liboslarda…

Hammaning qo‘lida gul; yig‘ilganlarning aksariyati ko‘z yoshlarini yashirmayaptilar…

Toshkent o‘zining birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashdi - Sputnik O‘zbekiston
Sukut, ko‘z yoshlar va gullar: Toshkent Prezident bilan vidolashdi
Islom Karimov tanasi ortilgan kortejm aeroportdan to‘g‘ri Samarqand markazi — mashhur Registon maydoni tomon yo‘l oldi. Prezident bilan vidolashuv shu yerda o‘tkazilishi belgilangan.

Dafn marosimida ishtirok etayotganlar Registon maydonidan Shohi-Zinda tomon —  o‘rta asrda yashagan arboblar hamda Islom Karimovning ota-onasi dafn qilingan tarixiy qabriston tomon yo‘l oladilar. Prezident o‘z ota-onasi yonida dafn etiladi. Shohi Zindada so‘nggi 20-yil ichida hech kim dafn etilmayotgan edi.

Ayni vaqtda Samarqand markaziy ko‘chalarida harakat to‘liq to‘silgan. Ko‘chalardan faqatgina piyoda harakatlanish mumkin. Har bir chorrahada militsiya xodimlari navbatchilik qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0