O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari uchun chegaradan o‘tish soddalashtiriladi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishChegara o‘tkazish punkti
Chegara o‘tkazish punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat organlari chegaradan o‘tish tartibini soddalashtirish ustida ish olib bormoqdalar

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev tomonlar bugungi kunda Olma-Ota va Termizni bog‘laydigan xalqaro ahamiyatga ega M-39 trassasidagi o‘tkazish punktlariga alohida e’tibor qaratishayotganini ma’lum qildi.

Bu yo‘l Qozog‘istonning Olma-Ota, Jambul va Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘izistonning Chuy, O‘zbekistonning Toshkent va boshqa viloyatlari hududlari orqali o‘tadi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari chegara masalalari bo‘yicha uchrashishdi

"Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat organlari hozirda M-39 trassasida joylashgan "Sirdaryo" va "Selinniy" o‘tkazish punktlaridan chegaradan o‘tish tartibini soddalashtirish ustida ish olib bormoqdalar. Tomonlar shuningdek, "Toshkent-Qazigurt", "Guliston-Atameken" va "Zangiota-Qoplonbek" o‘tkazish punktlari maqomini o‘zgartirishga tayyorlanmoqdalar", — dedi elchi.

Tomonlar ilgariroq chegara borasida yana bir tashabbus – turistlarning Qozog‘iston va O‘zbekistonning dam olish zonalariga hech qanday to‘siqlarsiz borishlari uchun maxsus "yashil yo‘lak"lar tashkil qilinishi haqida ma’lum qilishgandi. 

Qozog‘iston tomonidan dastlabki tajriba sifatida o‘zbekistonliklar orasida ommabop bo‘lgan Sariagash kurorti taklif qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0