TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Britaniya kompaniyalaridan biri cho‘kkan "Titanik" kemasini shaxsan tomosha qilishga taklif qilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.
Kompaniya rejasiga ko‘ra, sakkiz kunlik sayohat marshruti Kanadaning Nyufaulendidan boshlanib, aynan mana shu joydan sayohatchilar "Titanik" g‘arq bo‘lgan manzilga olib kelinadi.
Sayyohlar titan va uglevodorod tolalaridan yasalgan maxsus batiskafda 3200 metr chuqurlikka, ya’ni kema qoldiqlari o‘rin olgan joyga olib tushiladi.
Ekzotik sayohat uchun chiptalar 105 ming dollardan sotilishi aytilmoqda.
Ammo ayni vaqtda chiptalarning barchasi sotib bo‘linganligi qo‘shimcha qilingan.
Blue Marble Privatekompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan sayohat afsonaviy kemani so‘nggi bor ko‘rish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin. 2016-yilda olimlar 15-20 yil ichida kema qoldiqlarini yo‘q qilib yuborishga qodir ekstremofil-bakteriyalarni aniqlaganlar, deb xabar qilgan nashr.