Samarqandda arzon ko‘chat va urug‘lar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Igor Chabanenko / Mediabankka o‘tishKo‘chatlar
Ko‘chatlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrida aholining mevali daraxt va tok ko‘chatlari hamda poliz va sabzavot ekinlari urug‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘chma avtodo‘konlar yarmarkasi tashkil etildi

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Arzon narxdagi ko‘chat va urug‘lar Camarqandda bo‘lib o‘tgan yarmarkada namoyish etildi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Xabarga ko‘ra, Samarqand shahrida aholining mevali daraxt va tok ko‘chatlari hamda poliz va sabzavot ekinlari urug‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘chma avtodo‘konlar yarmarkasi tashkil etildi.

Zotdor qoramollar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltiriladi
Yarmarkada 70 ga yaqin mikroavtobusda 20 turdan ziyod ko‘chat va urug‘lar hamda qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘ladigan ish qurollari namoyish etildi. Xaridorlarga qulaylik yaratish uchun har bir avtomashinada to‘lov terminallari joriy qilingan.

"Mazkur ko‘chma do‘konlar viloyatimizning shahar va tumanlarida arzon narxlarda daraxt ko‘chatlari hamda sabzavot urug‘lari savdosini yo‘lga qo‘yadi, – degan markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Rashid Niyatov. – Barcha mahallalarni qamrab olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqqanmiz. Xaridorlarga mahsulot tanlashda ko‘maklashish maqsadida urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirgan tadbirkor va fermer xo‘jaliklari vakillari jalb qilindi".

Yarmarkada viloyat hokimining o‘rinbosari A.Nurqulov ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0