O‘zbekistonga 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltiriladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishZotdor qoramollar
Zotdor qoramollar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Berlinda bo‘lib o‘tgan "Yashil haftalik"da qatnashgan rahbarlardan biri - Jomboy tumani hokimi Husan Bo‘riyev ma’lum qilgan

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Berlinda bo‘lib o‘tgan 82-Oziq-ovqat sanoati, bog‘dorchilik, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi Xalqaro savdo ko‘rgazmasi davomida chorvachilikda ilg‘or davlatlardan 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltirish borasida kelishuvga erishdik, deb xabar qilgan Jomboy tumani hokimi Husan Bo‘riyev "Zarafshon" muxbiriga bergan intervyusida.

"Ko‘rgazma davomida Germaniyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va qadoqlash uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari faoliyati bilan tanishdik. Shuningdek, chorvachilikda ilg‘or davlatlardan 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar va go‘sht yo‘nalishida zotdor bo‘lgan kurkalar keltirish borasida ham kelishuvga erishdik.

Tumanimizdagi chorvachilik xo‘jaliklarida bunday naslli qoramollarni ko‘paytirish orqali sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytiramiz. Yashil haftalikda talab katta bo‘lgan quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirishni rejalashtirapmiz.

O‘zbekiston meva-sabzavot yetkazishning yangi tizimini yaratadi
Qolaversa, jahon bozorida juda xaridorgir bo‘lgan yong‘oqni ko‘paytirish maqsadida joriy yilda tumanimizning tog‘oldi hududidagi 460 gektar maydonda yong‘oqzor barpo etamiz.Tumanimizdagi chorvachilik xo‘jaliklarida bunday naslli qoramollarni ko‘paytirish orqali sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytiramiz. Yashil haftalikda talab katta bo‘lgan quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirishni rejalashtirapmiz. Qolaversa, jahon bozorida juda xaridorgir bo‘lgan yong‘oqni ko‘paytirish maqsadida joriy yilda tumanimizning tog‘oldi hududidagi 460 gektar maydonda yong‘oqzor barpo etamiz.

Germaniya poytaxtida o‘tkazilgan "Yashil haftalik"da qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, bog‘dorchilik va oziq-ovqat sanoatidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan dunyoning 66 davlatidan kelgan 1,6 ming kompaniya va fermer xo‘jaliklari, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etgan.

Bir hafta davom etgan ko‘rgazmada O‘zbekiston tashqi savdo kompaniyalari, qayta ishlash korxonalari va mutasaddilar Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA, Turkiya va boshqa davlatlarga ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish borasida 151,2 million dollarlik eksport shartnomalari imzolagan.

Berlinda o‘tkazilgan yarmarkada O‘zbekistondagi tashqi savdo kompaniyalari, qayta ishlash korxonalari, viloyat va tuman hokimlari, ishbilarmon va fermerlar qatnashishgan.

Yangiliklar lentasi
0