TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Lex.uz saytida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya bo‘limi negizida Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan 14-mart kuni imzolangan.
angionevrologiya sohasida muvofiqlashtirish markazi funksiyalarini amalga oshirish, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirish;
malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda ko‘rgazmali operatsiyalar, ta’lim beruvchi ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish;
miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yo‘li bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolash;
Markaz Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi hududida joylashtiriladi.
Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklandi.