TOShKENT, 22 mar — Sputnik. 2017-yilning 10-martdan 16-mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jinoyatchilikka murosasiz kurashish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida fosh etilmagan 32 ta jinoyat fosh etildi deb xabar qildi "Darakchi" nashri.
Nashrning yozishicha, bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun brifingda ma’lumot berildi.
Fosh etilgan jinoyatlardan 1 ta – qotillik, 2 ta – og‘ir tan jarohati yetkazish, 1 ta – talonchilik, 16 ta – o‘g‘irlik, 9 ta – firibgarlik, 1 ta – transport vositasini olib qochish, 2 ta – hujjatlarni qalbakillashtirish.
Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan jami 41 nafar jinoyatchi ushlangan.