TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Joriy yilning yanvarida Rossiya avtobozorida A-segmentida (ixcham avtomobillar) sotilishi bo‘yicha Ravon R2 modeli birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi "Darakchi".
Rossiyada bir oy davomida GM Uzbekistanning ushbu modeldagi 159 dona avtomashinasi sotilgan bo‘lib, bu mazkur segmentdagi savdolarning yarmini tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rinni 106 dona sotilgan KIA Picanto egalladi.
Reytingning uchinchi o‘rniga 29 dona mashina bilan Smart Fortwo joylashdi.