TOShKENT, 21 mar — Sputnik. YuNESKO bosh direktori Irina Bokova 21-mart — Navro‘z bayrami bilan o‘z tabrigini e’lon qildi. Tabrik matni BMT Yangiliklar markazi saytida e’lon qilindi.
"3000 yildan ortiq vaqt davomida jahondagi millionlab kishilar har yili bahor kirib kelishini bayram qiladilar. G‘arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyodan to Kavkaz, Bolqon va boshqa hududlardagi turli madaniyat, din va tilga ega bo‘lgan xalqlar Navro‘z qadriyatlari atrofida birlashadilar", — dedi tabrigida Irina Bokova.
U Navro‘z insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganini eslatib, Navro‘z an’analari odamlarga bir-biriga nisbatan hurmat ko‘rsatish, tabiatni e’zozlash va yorqin kelajakka umid ko‘zi bilan qarash imkoniyatini berishini aytdi.
2010 yilda BMT Bosh assambleyasi 21-mart sanasini Xalqaro Navro‘z kuni deb e’tirof etgan.