Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga transformator nimstansiyalari jo‘natadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishPodstansiya dlya snabjeniya elektroenergiyey
Podstansiya dlya snabjeniya elektroenergiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur nimstansiyalar mart oyi oxirida jo‘natilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiyaning SVEL guruhi "Lukoyl Uzbekistan" foydalanishi uchun beshta transformator nimstansiyasini jo‘natadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik o‘rnatadi

Nimstansiyalar "Gumbuloq" gaz-kondensat konini, yanayam aniqrog‘i mahalliy neft qazib oluvchi zavodni energiya bilan ta’minlaydi. Mazkur nimstansiyalar mart oyi oxirida jo‘natilishi rejalashtirilgan.

Bu SVEL guruhining "Lukoyl Uzbekistan" bilan ilk hamkorligi emas. Hozirda Qashqadaryo viloyatining "Odamtosh" va "Jarquduq" nimstansiyalarini ham qurilmalar bilan SVEL ta’minlagan.

"SVEL guruhi" AJ Rossiyadagi elektrotexnika qurilmalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, transformatorlar, reaktorlar, transformator nimstansiyalari ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0