Yaponiya elchisi: Men ham Navro‘zni orziqib kutayapman

Obuna bo‘lish
Navro‘z bayrami arafasida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Nobuaki Ito o‘zbekistonliklarga o‘z tilaklarini bildirdi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. "Jahon" axborot agentligi muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda elchi shunday dedi:

O‘zbekiston tarixi, chiroyli tabiati va qadimiy urf-odatlari Yaponiyada juda katta qiziqish uyg‘otadi. Yirik mabuot manbaalarida, televideniyeda O‘zbekiston mavzusi doimo yoritib boriladi. Yaponiyadan O‘zbekistonga turistlar soni ham yildan-yilga oshib borayotgani ham bizni xursand qilmoqda.

Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya O‘zbekistonga shifoxona va maktablar uchun 551 ming dollarlik grant ajratdi

Ushbu yil menga birinchi bor  o‘zbek xalqi bilan birgalikda Navro‘zni kutib olish baxti kulib boqdi. Men eshitishimcha, bu bayramda qarindoshlar yig‘ilib birgalikda bug‘doydan sumalak va bahor o‘t o‘lanlarida ko‘k somsa pishirar ekan. Shuning uchun men ham Navro‘zni orziqib kutayapman.

Yaponiyada bizda ham shunga o‘xshash  bayram bor — Bahorgi tengkunlik deyiladi. Bu yil ushbu bayram 20-martga to‘g‘ri keladi. Bu ham bizning xalqlar orasidagi tarixiy va madaniy yaqinlikning yana bir belgisidir.

O‘tgan qishda qor tez-tez yog‘ib turdi, sovuq kunlar uzoq davom etdi, shuning uchun ham bahor kelishi yanada katta xursandchilik bilan kutib olinmoqda. Butun O‘zbekiston xalqiga chin yurakdan sog‘liq va omad tilashga ruxsat bering!  

Yangiliklar lentasi
0