Pensiya va nafaqalar faqat Xalq banki orqali to‘lanadi

Obuna bo‘lish
Prezident qaroriga asosan, 2017-yilning iyul oyidan boshlab pensiya va nafaqalar Xalq banki orqali har oyning 27 sanasida to‘lanadi. To‘lov boshlangani haqida fuqarolar sms orqali ogohlantiriladi.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 13-martidagi № PP-2826 sonli “Pensiya va nafaqa to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Xalq banki – respublika bo‘yicha pensiya va nafaqala to‘lash huquqiga ega bo‘lgan yagona  bank bo‘ldi.

2017 yilning iyul oyiga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya fondi hisobidan naqd pulda to‘lanadigan pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlar “O‘zbekiston pochtasi” AJdan Xalq banki bo‘limlari ixtiyoriga o‘tkaziladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Markaziy bankining matbuot xizmati.

Fevralda pensiya va nafaqalar to‘liq naqd pulda berildi

Mahalliy boshqaruv organlari uchun aholi aholi uchun qulay bo‘lgan ma’muriy binolardan Xalq bankining maxsus kassalari faoliyati uchun bepul ravishda alohida xona ajratib berishlari kerak.

Harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolarga Xalq banki pensiya va nafaqa to‘lovlarini ularning turar joyiga olib borib berishi kerak.

Pensiya va nafaqalar har oyning 27 sanasida to‘lanadi. Fuqarolarga to‘lovlar boshlangani haqida sms orqali xabar beriladi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun Xalq banki kassir va nazoratchilar va kerak bo‘ladigan texnik vositalar sonini oshiradi. Naqd pullarni kassalargacha yetkizib berish uchun 590 ta maxsus inkassator “Damas”lari sotib olinadi. Markaziy bank yordamida Xalq bankida o‘z inkassatsiya xizmati tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0