Fevralda pensiya va nafaqalar to‘liq naqd pulda berildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentning “Pensiya va nafaqalar to‘liq naqd pulda berilsin” degan qarori to‘liq amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda 3 milliondan ortiq nafaqaxo‘lar yashaydi va oxirgi besh yilda ularning soni 4 %dan o‘sib bormoqda, UzbekistanToday xabari asosida.

2017 yilning 1-fevralidan boshlab O‘zbekiston moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya fondi nafaqaxo‘rlar uchun “SMS-Pensiya” interaktiv xizmati tashkil qildi. Yangi xizmat orqali nafaqaxo‘rlarning uyali telefoniga pensiya va nafaqa to‘lovlari tayyorligi va ularning to‘lov muddatini haqida xabar olish mumkin.

 

O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan 2017-yilning 2-fevralidan boshlab Respublikada barcha pensiya va nafaqa to‘lovlari faqat naqd pulda to‘landi. O‘zbekiston Bosh prokurori ushbu qarorning to‘liq amalga oshirilishi ustidan jiddiy nazorat olib bordi. Ushbu sohadagi murojaatlar uchun 1140 – raqamli ishonch telefoni ishlamoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0