TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Samarqand viloyati prokuraturasiga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 15-martdagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Zufarov Farhod Mahamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan Samarqand viloyati prokurori etib 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi", — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Shuningdek, Buxoro viloyati prokuraturasiga ham yangi rahbar tayinlangani aytib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 15-martdagi buyrug‘iga muvofiq 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Valiyev Bahriddin Bahodirovich Buxoro viloyati prokurori etib 5-yil muddatga tayinlangani va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlangani ta’kidlangan.