TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 1992-yilning 8-yanvarida "O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari to‘g‘risida" qarorni imzolagan edi.
Oradan 25-yil o‘tib O‘zbekiston yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Ushbu qonun Shavkat Mirziyoyev prezidentlik lavozimini rasman qabul qilganidan keyin imzolagan birinchi qonuni bo‘ldi.Yangi qonun Oliy Majlisning quyi palatasi tomonidan 2016-yilning 6-dekabrda, Senat tomonidan 13-dekabrd tasdiqlandi.
Qonunni tasdiqlash vaqtida deputatlar yangi kasb bayrami prokuratura organlarining kelajakda yanada samarali ishlashini ta’minlash va xodimlarning o‘z vazifalarini bugungidan ham vijdonliroq ravishda bajarishga xizmat qilishini aytib o‘tishgan edi.