TOShKENT, 17 mar — Sputnik. 15 mart kuni Vladimir Jirinovskiy va "Yedinaya Rossiya" deputatlari o‘rtasida ro‘y bergan og‘zaki tortishuvdan keyin LDPR fraksiyasi to‘liq tarkibda majlislar zalini tark etgan edi.
Jirinovskiy Moskva viloyatini "kriminal" viloyat, deputatlarni esa "sotilganlar" deb atagan. "Sizlarni ham sudga beramiz. Kelgusi yilning mart oyida men Kremlga ko‘chib kiraman, shaxsan o‘zim sizlarni otib, dorga osaman, ablahlar", — deya qo‘shimcha qilgan u.
Shundan so‘ng Jirinovskiy fraksiyani zaldan chiqarib ketgan.
Bugun Jirinovskiy parlamentariylar va jurnalistlar u aytgan gaplarni noto‘g‘ri tushunishganini ta’kidlamoqda.
Jirinovskiy "otish" va "dorga tortish" iboralari jinoiy guruhlar a’zolariga tegishli, deya izohlamoqda.
"Men mafiya haqida, jinoyatchilik to‘g‘risida, korrupsiya haqida gapirgandim. Mening murojaatim aynan ularga qaratilgan. Deputatlik korpuslarining bunga nima aloqasi bor", — deya ta’kidlagan siyosatchi.
Rossiyaning qolgan fraksiyalari Jirinovskiyni nojoiz ta’kidlari uchun uzr so‘rashga chaqirgan, ammo siyosatchi kechirim so‘rash niyati yo‘qligini ma’lum qilmoqda.