TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Jirinovskiy oʻz saylovoldi kampaniyasi vaqtida davlat rahbari qarorgohini Kremldan koʻchirish gʻoyasini ilgari surmoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Kreml boʻshatilsin. U yerda faqat muzey boʻlishi kerak. Prezident qarorgohini koʻchirib, boshqa yaxshiroq joydan qurish lozim, Kreml esa ulkan muzey boʻlishi kerak. U yerga millionlab sayyohlar sigʻadi", — degan jurnalistlarga Jirinovskiy.
Rossiyada prezident saylovlari 2018 yilda boʻlib oʻtishi lozim. Jirinovskiy prezident saylovida ishtirok etish niyatini bildirgan. Bundan tashqari, Rossiyaning "Yabloko" partiyasi oʻz nomzodi sifatida Grigoriy Yavlinskiyni koʻrsatmoqchi. Shuningdek, "Kirovles" mol-mulkini talon-taroj qilganlik uchun sirtdan sud qilingan Aleksey Navalniy ham prezident poygasida ishtirok etish niyatinibildirgan. Ekspert-huquqshunoslarning fikricha, sud qarori unga prezidentlik saylovida ishtirok etishiga monelik qilishi mumkin.