TOShKENT, 17 mar — Sputnik. AQSh davlat kotibi Reks Tillerson KXDRga qarshi kuch ishlatilishi ehtimoli borligini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Tillerson, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga va u yerda joylashgan amerika qo‘shinlariga tahdid qiladigan bo‘lsa, KXDRga nisbatan harbiy choralar ko‘rilishi mumkinligini ta’kidlagan.
"Biz bu muammoni harbiy to‘qnashuvgacha olib borishni xohlamaymiz, ammo Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va amerika qo‘shinlariga tahdid qiluvchi harakatlarni qo‘llasa, u holda javob choralari ko‘riladi", — deb aytgan Tillerson.
Tillerson bu gaplarni Janubiy Koreya TIV rahbari Yun Bon Se bilan muzokaralar chog‘ida aytgan, deb yozgan nashr.